Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Neymar transferining moliyaviy jihatlarini o‘rganib chiqdi
Foto: Tvitter
«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarning ehtimoliy transferi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy jihatlarni o‘rganib chiqish uchun, ikkita tahliliy kompaniya xizmatidan foydalandi, deb yozmoqda Sport.es.
Klub prezidenti Florentino Peres hamon braziliyalik hujumchini jamoasi safida ko‘rishni istayapti va vaqt o‘tishi bilan uning 32 yoshli Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga umid qilmoqda.
Shu tufayli, «Real» ikkita tahliliy kompaniyaga murojaat qilib, Neymarning transferi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolar bo‘yicha hisobot olgan.
Har ikkala kompaniya o‘z hisobotida, juda katta iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi sababli, Neymar transferidan tiyilishni tavsiya qilgan.
Sport.es xabariga ko‘ra, shunga qaramay, «Real» baribir «PSJ» hujumchisi transferini amalga oshirish niyatidan voz kechmoqchi emas.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026