Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda jinoiy guruh fosh etildi
Buxoro viloyatining Shofirkon tumani Dorigar MFY, Dorigar qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.P. va Shodlik MFY, Qiyot ko‘chasi 37-uyda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.H. oldindan jinoiy til biriktirib o‘g‘irlik qilish maqsadida, Vardonze MFY Yavshuntepa cho‘l massivi hududidagi “Jilvon-Rivoj” fermer xo‘jaligi rahbari D.H.ga tegishli bo‘lgan 24 bosh qo‘ylarini fermer xo‘jaligi dala maydonidan yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganliklari aniqlandi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.P. o‘zining jinoiy harakatlariga boshqa bir jinoiy sherigi, Bobur MFY Talalion qishlog‘ida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.B.ni sherik qilib u bilan birga Vardonze MFY Mirzoquli cho‘l massivi hududidagi dala maydonidan Jilvon MFY, Chaqar qishlog‘ida yashovchi T.R.ning 12 bosh qo‘ylarini va 1 bosh echkisini ham yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.P. D.H. va A.B.ga nisbatan O‘z.R.JKning 169-m. 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026