Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: Saakashvili bilan bog‘liq vaziyat Ukraina uchun sharmandalik
Foto: Reuters
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Gruziya sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili bilan bog‘liq vaziyat Ukraina xalqi uchun sharmandalikdir. Bu haqda u kp.ru saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bu Ukraina xalqi uchun sharmandalik: chetdan kelgan odam siyosiy jarayonlarni boshqarishga urinmoqda va vaziyatni beqarorlashtirmoqda, iflos o‘yinlar bilan shug‘ullanmoqda, faqat buzish bilan band bo‘lyapti», - deya aytib o‘tdi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Gruziya xalqi uchun ham yana bir muammodir.
«Muammo shundaki, u Gruziyaning dunyodagi eng taniqli vakillaridan biri sanaladi hamda uning g‘alati xatti-harakati tufayli butun bir xalq haqida yolg‘on tushuncha paydo bo‘lishi mumkin», - deya ma'lum qildi Zaxarova.