Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qatarda to‘ntaruv tashkillashtirishdagi ayblovlarni rad etdi
Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elchixonasi o‘z bayonotida turk OAVda chop etilgan, qirollikning Qatarda davlat to‘ntaruvini tashkillashtirgani ta'kidlangan materiallarni qoralab chiqdi va bu ayblovlarni rad etdi.
Saudiya Arabistonining tvitterdagi sahifasida joylashtirilgan bayonotda aytilishicha, 25 dekabrda Gerçek Hayat turk jurnalida “Turkiya Qatardagi to‘ntaruvning oldini oldi” deb nomlangan maqola chop etilgan. Maqolada Saudiya Arabistoni Qatarda davlat to‘ntaruvi tashkillashtirgani ta'kidlangan. Bu maqolani Yenişafak va Daily Sabah turk gazetalari ham chop etgan.
“Biz bu maqolada berilgan balandparvoz ta'kidlarni rad etamiz va qirollik Qatar bilan iyunda munosabatlarni uzganini tasdiqlaymiz. Qirollik bu ma'lumotlar hech qanday asosga ega bo‘lmagan yolg‘on gaplar ekanini ta'kidlaydi”, deyilgan xabarda.
Saudiya Arabistoni elchixonasi OAVni aniqlikka rioya qilish va ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshirishga chaqirgan va o‘zining bunday bayonotlarga qonuniy choralar ko‘rish huquqiga egaligini ta'kidlab o‘tgan.
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 5 iyunda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgandi. Qatar mudofaa vaziri Holid al-Attiyya mamlakat atrofida yuzaga kelgan inqirozni qo‘shni davlatlar tomondan davlat to‘ntaruviga urinish deb atagandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
19:38 / 22.06.2026