Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘iston muftiysining rafiqasi Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlikka ilgari surildi
Foto: RIA Novosti
Mahachqal'ada 30 dekabrda 542 kishidan iborat tashabbus guruhi Dog‘iston muftiysi rafiqasi, 46 yoshli Ayna Hamzatovani Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlikka ilgari surdi.
Tashabbus guruhiga taniqli jamoat arboblari, diniy yetakchilar, olimlar va sportchilar kirgan. Bu haqda Hamzatovaning matbuot kotibi ma'lum qildi.
Barcha tegishli hujjatlar 5 yanvargacha Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga jo‘natiladi.
Ma'lum qilinishicha, Hamzatova Rossiyadagi eng yirik musulmon axborot xoldingini boshqaradi. Oliy filologik va huquqshunoslik ta'limiga ega. Rossiya jurnalistlari ittifoqi a'zosi, yozuvchi, “Put” xayriya jamg‘armasining muassislaridan biri, “Islom” jurnali bosh muharriri va Dog‘iston muftiysining hokimiyat organlari bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Rossiya prezidenti saylovlari 2018 yilning 18 martida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq prezident saylovlarida ishtirok etish istagini Vladimir Jirinovskiy, Kseniya Sobchak, Grigoriy Yavlinskiy, teleboshlovchi Yekaterina Gordon, tadbirkor Sergey Polonskiy va muxolifatchi Aleksey Navalniy bildirgandilar.
Mavzuga oid
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
12:42 / 14.02.2026