19:00 / 30.12.2017
7225

Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini qayd etish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi 

Foto: uzcaa.uz

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi 692-son “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2016 yil 27 iyundagi 81-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2811, 2016 yil 14 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2016 y., 28-son, 344-modda) bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalariga (O‘ZR AQ-44) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“5. Ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisi:

havo kemasi fyuzelyajining qanotlari va dum qanotlari orasidagi qismining yon tomonlari yuzasiga gorizontal yo‘nalish bo‘yicha qat'iy perpendikulyar;
havo kemasi fyuzelyajining qanotlari va dum qanotlari orasidagi qismining yon tomonlari yuzasida belgilarni qayd etish uchun bo‘sh joy bo‘lmaganda, havo kemasi vertikal dum qanoti yuzasining pastki qismiga har ikki tomonidan;
havo kemasi chap qanoti konstruksiyasi pastki yuzasining chap tomoniga (bunda belgilar qanotning old qismiga parallel holda joylashtirilishi kerak);
shar shaklidagi aerostatning maksimal gorizontal aylanasiga yaqin ikki diametral qarama-qarshi tomoniga;
shar shakliga ega bo‘lmagan aerostat chizig‘ining maksimal ko‘ndalang kesimiga yaqin bevosita osma belbog‘i ustida yoki savatning osma arqonlarini qotirish nuqtalari ustida ikki tomoniga;
dirijablning korpusi bo‘ylab ikki tomoniga hamda simmetriya chizigi bo‘ylab ustki yuzasiga;
vertolyotda uning dum balkasining har ikki tomoniga qayd etiladi.”.

2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“9. Havo kemasining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm.dan, aerostat va havo kemasining qanotida qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi esa, 50 sm.dan kam bo‘lmasligi lozim.”.

Top