Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda moliyaviy piramida asoschisi 13 ming yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi
Tailand sudi moliyaviy piramida tashkil etgan Pudit Kittitradilokni 13725 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
40 ming kishi firibgarning qurboniga aylangan, ular ayblanuvchining kompaniyasiga umumiy hisobda 160 mln dollar kiritishgan. Sudlanuvchi 2653 ta band bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Kittitradilok seminarlar tashkil etib, ularda odamlarni minilgan mashinalar, kosmetika va boshqa buyumlar sotuvchi kompaniyalarga sarmoya kiritishga undashgan. Odamlarga yangi ishtirokchilarni jalb qilganlik uchun aqlbovar qilmas daromad va bonuslar va'da qilingan.
Firibgar politsiya tomondan avgustda qo‘lga olingan. Ma'lum qilinishicha, sud firibgar o‘z aybini tan olgani uchun unga chiqarilgan jazo muddatini ikki martaga – 6637 yil 6 oygacha qisqartirishga rozi bo‘lgan. Biroq firibgar panjara ortida 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tkazishi dargumon, chunki Tailand qonunlarida bunday turdagi jinoyatlar uchun cheklovlar mavjud.
Mavzuga oid
13:31 / 20.06.2026
Munchoq ortidagi xavf: O‘zbekiston xalqaro firibgarlar uchun “ov maydoni”ga aylanib qolmoqda
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026