Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«To‘la taqiq yo‘q». Rossiya KXDRga neft yetkazib berish bilan mojaroga izoh berdi
Rossiya TIV OAVning rus kemalari KXDRga sanksiyalarga qaramay neft yetkazib berayotgani haqidagi xabarlariga izoh berdi. Ma'lum qilinishicha, Moskva sanksiya rejimiga to‘la hajmda rioya etmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakat tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
«Rossiya sanksiya rejimiga to‘la hajmda va qat'iy ravishda rioya etmoqda. Biz shuni eslatmoqchi edikki, yoqilg‘ini yetkazib berishga, albatta, kvotalar bor, biroq to‘la taqiq yo‘qdir (2397-rezolyutsiya). Sanktsiya rejimiga rioya etish bo‘yicha nazoratni 1718-qo‘mita amalga oshiradi», - deya ma'lum qilishdi TIVdan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters agentligi Yevropa xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayangan holda Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Shimoliy Koreya kemalariga bir necha marta neft quyib bergani, bu sanksiyalarga qaramay yuz bergani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10 / 10.07.2026
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30 / 10.07.2026