Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Şimoliy Koreya kemalariga bir neça marta neft quyib bergan. Bu sanksiyalarga qaramay yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Yevropa xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayangan holda.

«Rossiya kemalari joriy yilda bir neça marta sanksiyalarga qaramay, Şimoliy Koreya uçun neft mahsulotlarini kemadan kemaga quyib bergan», - deya ma'lum qildi manbalardan biri.

Ikkinçi manba ham bunday holatlar yuz berganini tasdiqladi, biroq, Rossiya hukumati bunga aloqador ekaniga doir hozirça heç qanday guvohliklar yöqligini qayd etdi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, sun'iy yöldoş yordamida olingan suratlar Rossiya kemalarining öşa tumanda noodatiy tarzda harakatlanişidan darak bergan. Bundan taşqari, ular kemalar aniq qayerda ekanini körsatib beruvçi transponderlarni öçirib qöygan.

Reuters’ning yozişiça, şunday kemalardan biri Rossiyaning «Vityaz» tankeri bölgan. Port hujjatlariga köra, «Vityaz» 15 oktabr kuni Vladivostok yaqinidagi Slavyanko portidan bortida 1,6 ming tonna neft bilan çiqib ketgan. Dengiz taşuvlari töğrisidagi ma'lumotlar şundan söng tanker bir neça kunga transponderni öçirib qöyganligini körsatdi.

Manbalar sözlariga köra, «Vityaz» oktabrda Şimoliy Koreyaning Sam Ma 2 tankeriga neft quyib bergan. «Vityaz»ga egalik qiluvçi «Alisa» kompaniyasi direktori örinbosari Yaroslav Guk agentlikka Şimoliy Koreya kemalari bilan aloqalar haqidagi xabarni rad etdi.

Dengiz taşuvlari töğrisidagi ma'lumot şuni körsatdiki, Rossiyaning yana ikki kemasi oktabr va noyabr örtasida xuddi şunday yönalişdan ketgan, deb yozmoqda Reuters.

Rossiya TIV va Rossiya Bojxona xizmati agentlikka KXDRga neft yetkazib berilayotgani haqidagi ma'lumot böyiça izoh berişdan boş tortgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pekin BMT Xavfsizlik Kengaşi sanksiyalari ostida bölgan Şimoliy Koreyaga neft va neft mahsulotlari yetkazib berayotganini rad etib çiqqandi.