Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turar va noturar joylarni ijaraga berishda oylik ijara to‘lovlari stavkalari saqlanib qolindi
O‘zbekiston hukumati jismoniy shaxslar tomonidan 2018 yilda turar-joy va noturar joy binolarini ijaraga berilishda ijara to‘lovlarining bazaviy miqdorini saqlab qoldi.
Ijara to‘lovlarining bazaviy miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori bilan o‘rnatilgan.
Shunday qilib, noturar joylarning 1 kvadrat metri uchun bir oylik minimal ijara stavkalari Toshkent shahrida — 9 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — 6 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida — 3 ming so‘m qilib belgilangan.
Turar joylarning 1 kvadrat metri uchun bir oylik minimal ijara stavkalari Toshkent shahrida — 4,5 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — 3 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida — 1,5 ming so‘m qilib belgilangan.
Mavzuga oid
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026
Toshkentda ijara bozori uy-joy sotuvidan tezroq o‘smoqda
18:42 / 03.05.2026
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari yangi tizim asosida ijaraga beriladi
18:34 / 26.04.2026