Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-4 daraja, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:15
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026