Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiya va Isroildan bomba va raketalar sotib olmoqchi
Foto: RIA Novosti
2 yanvarda Hindiston mudofaa vazirligi mamlakatning harbiy-havo kuchlari uchun Rossiyadan 240 ta yuqori aniqlikdagi boshqariluvchi bomba sotib olmoqchiligini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu bitimning umumiy qiymati 12,5 mlrd rupiyni (196 mln dollar) tashkil qiladi. Doordarshan telekanalining ma'lum qilishicha, bombalarni xarid qilish haqidagi kelishuv “Rosoboroneksport” bilan tuzilgan. Ma'lum qilinishicha, hozirda bu bombalar Hindiston armiyasida qurollanishda turibdi, yangi xarid esa yuqori aniqlikdagi qurol yetishmovchiligini to‘lg‘azishga va hujumkor imkoniyatlarni kengaytirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, Hindiston Isroildan “Barak” zenit majmualari uchun 131 ta “havo-havo” sinfidagi raketalar sotib olishi ma'lum qilindi. Ushbu bitim qiymati 72 mln dollarga baholangan.
Hindiston Rossiya qurolining an'anaviy importyori hisoblanadi. 2017 yil oktabr holatiga ko‘ra, Rossiya qurol eksporti bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallayotgan edi. Rossiya 2012-2017 yillarda eksport qilgan qurolning 70 foizi Hindiston, Vetnam, Xitoy va Jazoir hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, Rossiya Hindistonga S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026