Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovonida yagona bo‘lgan jome masjidi ochildi
Bugun, 2 yanvar kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani «Ko‘ksaroy» mahallasidagi, «Qamchiq» dovonidagi yagona masjid, avtomagistral yo‘lning shundoqqina yuzida joylashgan «Islom nuri» jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fitrat.uz xabariga ko‘ra, masjidni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ochib berdi. 2013 yilda masjidni qayta qurish va ta'mirlash ishlari boshlangan edi. Masjid saxovatpesha homiylar ko‘magi hamda hashar yo‘li bilan bitkazildi. Masjidda namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy tarzda qurilgan tahoratxona el xizmatiga shay.
Masjid ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda xayrli duolar qilindi, ezgu tilaklar bildirildi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026