O‘zbekiston | 17:50 / 02.01.2018
14138
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori tayinlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rahim Rasuljonovich Hakimov ushbu institut direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni o‘tkazilgan parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Oliy Majlis huzurida qonunchilik muammolarini hal qilish instituti tashkil etilishini taklif qilgandi. 

Rahim Rasuljonovich Hakimov 1983 yilda tug‘ilgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining a'zosi.

R.Hakimov 2005-2014 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mas'ul lavozimlarda ishlagan.

Mavzuga oid