Hujjatda qayd etilganidek, xorijiy investorlarni jalb qiliş bilan boğliq yuzaga keladigan nizolarni sudgaça hal etiş yoki sud muhokamasining har qanday bosqiçida kelişuv bitimiga erişiş va nizolaşayotgan tomonlar uçun maqbul qaror qabul qilişni ta’minlaydigan mexanizmlarni işlab çiqiş alohida ahamiyat kasb etadi.
Qonunda nizolarni muqobil hal etiş mexanizmlaridan biri sifatida mediatsiya tartib-taomilini qöllaş va mediativ kelişuvlarni amalga oşirişni rağbatlantiruvçi normalar belgilanmoqda.
Xususan, kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga köra, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari örtasidagi nizolarni samarali va tezkor hal etişni ta’minlaş, şuningdek, mediatsiya tartib-taomillarini keng qöllaşni rağbatlantiriş orqali sudlar iş yuklamasini optimallaştiriş nazarda tutilmoqda.
Agar mediativ kelişuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravişda bajarilmagan bölsa, uni majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasi beriş töğrisidagi masala mediativ kelişuv tuzgan tarafning arizasiga köra körib çiqiladi.
Mediativ kelişuvni majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasini beriş quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
- mediativ kelişuv qonun hujjatlariga zid bölsa;
- bajarilişi lozim bölgan mediativ kelişuv şartlari özgartirilgan yoki bekor qilingan;
- mediativ kelişuvda közda tutilgan majburiyatlartöliq bajarildi;
- ijro varaqasini beriş töğrisidagi ariza mediativ kelişuvni ixtiyoriy ijro etiş muddati tugagan kundan olti oy ötgaç berilgan, sud ötkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topgan va uni tiklagan hollar bundan mustasno.
Mediator tomonidan mediatsiya töğrisidagi qonunçilik talablarini va mediatorning kasb etikasi qoidalarini buziş unga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralari qöllanilişiga sabab böladi.
"Notariat töğrisida"gi qonun, Fuqarolik protsessual kodeksi, Oila kodeksi va boşqa hujjatlarga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.











