Light | 20:00 / 03.01.2018
16076
5 daqiqa o‘qiladi

Bayram va ta'tillardan keyin ishga qaytishga qiynalmaslik uchun qanday dam olish kerak?

Ishga tetik qaytish uchun bayram va ta'tillarda nima qilish va nima qilmaslik kerakligiga doir ma'lumotlar "Layfxaker" nashrida taqdim etildi.

Ishingizga qarama-qarshi bo‘lgan hordiq turini tanlang

Kak pravilno otdyxat

Har kuni qo‘llamaydigan resurslaringizni ishga soling. Agar kun bo‘yi ofisda o‘tirib ishlasangiz, yaqinlaringiz bilan birga toqqa chiqing yoki do‘stlaringiz bilan uchrashib, biror yerga boring. Aksincha, odamlar bilan ko‘p muloqot qilishga to‘g‘ri keladigan kasb egalari sokin sharoitda kitob mutolaa qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zingizga dam olishga imkon bering

Albatta, barcha ziyofatlar va do‘stlar bilan uchrashuvlardan qolgingiz kelmaydi, buning ustiga qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish kerak. Biroq bularning barini bir vaqtda amalga oshirishga hojat yo‘q. O‘zingizni ko‘p urintirib qo‘ymang, dam olish uchun imkon yarating.

Suhbatlarda yoqimsiz mavzularni chetlab o‘ting

Ichki va tashqi siyosat, aholining alohida guruhlari kamsitilishi masalalarini astoyidil muhokama qilishga kirishmang — kuchli bahslarni keltirib chiqarish bilan bog‘liq barcha narsalar insonda yoqimsiz asorat qoldiradi. Stressdan uzoq bo‘lish uchun yoqimli mavzularda suhbat quring.

Ko‘proq harakatlaning

Butun ta'til davomida divanda yotib, televizor ko‘rish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Jismoniy faollik xursandchilik gormoni hisoblangan endorfin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shu bois hatto oddiy sayr ham o‘zingizni yanada baxtli va tetik his qilishingizga yordam beradi.

Spirtli ichimliklar iste'molidan saqlaning

Bayram va ta'tillarda ba'zilar spirtli ichimliklardan iste'mol qilib, biroz dam olaman deb o‘ylaydi. Biroq bunga berilish salbiy oqibatlarga olib keladi. Birinchidan, alkogol stressni kuchaytiradi. Ikkinchidan, spirtli ichimliklar iste'moli organizmni qattiq  holdan toydiradi.

Ko‘p ovqat yemang

Ne pereyedayte

Ko‘p ovqatlanish charchash va uyqu kabi holatlarni keltirib chiqaradi, zero organizm ovqat hazm qilish uchun energiya sarf qiladi. Bir kungina bayram qilish mumkin, lekin butun ta'til davomida dasturxon atrofidan uzoqlashmaslik yaxshilikka olib kelmaydi.

To‘yib uxlang

Imkon qadar erta tongga hech nimani reja qilmang. Miya faoliyati uchun to‘yib uxlash muhim ahamiyatga ega. Agar ish vaqtlari erta turishga majbur bo‘lsangiz, ta'tilda to‘yib uxlashga harakat qiling.

Rejimga rioya qiling

"Va nihoyat ertalabga yaqin uxlash va kech turish mumkin", deb o‘ylaydiganlar ham talaygina. Biroq bunday qilish tavsiya qilinmaydi. Qishning shundoq ham qisqa yorug‘lik qismida tetik bo‘lgan ma'qul, eng yaxshisi — shu vaqt kesimini  ko‘chada o‘tkazish. Doimiy qorong‘ulik uyquni keltirib chiqaruvchi melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Yorug‘lik yo‘qligi natijasida serotonin miqdori kamayadi. Xursandchilik gormonisiz ma'yuslashib borasiz, shu bilan birga, depressiya xavfi ham oshadi.

Uy ishlaringizni to‘g‘ri taqsimlang

Otlojite domashniye dela

Idish-tovoqlar yoki pollarni yuvish kerak, albatta. Biroq ta'mirlash yoki hashar kabilarni boshqa vaqtga ko‘chirgan ma'qul. Yil bo‘yi bayram ta'tillarini gulqog‘ozlarni yangilash yoki hashar bilan o‘tkazganingizni eslash u qadar quvonch baxsh etmasa kerak.

Ko‘ngilochar dasturni rejalashtiring

Qayerga borishni o‘ylab o‘tirishga to‘g‘ri kelmaslik uchun ko‘ngilochar dasturni oldindan rejalashtiring. Biroq jadvalni haddan tashqari tirband qilib qo‘ymang. Rejalashtirilmagan qarorlarni amalga oshirish va shunchaki dam olish uchun ham kun qoldiring.

Yangi narsalar bilan tanishing

Notanish, yangi narsaga duch kelganingizda organizmingizda xursandchilik gormoni, ya'ni organizmni "mukofotlash tizimi"ning bir qismi hisoblangan dofamin ishlab chiqariladi. Biroq tajribalarning ko‘rsatishicha, mutlaqo noma'lum bo‘lgan narsani izlash kerak, chunki unutilgan eski narsalar yoki yangi, lekin eskisiga biroz o‘xshash bo‘lgan narsalar kuchli gormonal ta'sirga ega bo‘lmaydi.

Mavzuga oid