Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Do‘konning tomini teshib, 18 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Olmaliq shahrida tadbirkor, 1968 yilda tug‘ilgan Jonibek Yo‘ldoshevning (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oziq-ovqat do‘koniga noma'lum shaxs do‘konning tomini teshish yo‘li bilan kirib, unga tegishli umumiy narxi taxminan o‘n sakkiz million uch yuz o‘n olti ming olti yuz o‘ttiz uch so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 1988 yilda tug‘ilgan Boboyor Do‘stov sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
09:04 / 23.03.2026