Ötgan yili Samarqandda «Eşaklar qabristoni» paydo bölgani va u yerda köplab eşaklar şafqatsiz söyilgani keng muhokama qilingandi. Bunday vahşiylik esa butun dunyoda tarqalgan. Eskilar «umrining yarmini egasiga berib yuborgan» deya ta'riflagan, butun umri xöjayinining xizmatida ötadigan beozor eşaklar nafaqat Özbekistonda, balki boşqa hududlarda ham şafqatsizlarça qirğin qilinadi. AQŞning birinçi raqamli naşri The New York Times Keniyadan reportaj tayyorladi.
Unda eşaklar yoppasiga öğirlanayotgani va söyilayotgani hikoya qilingan. «Mana şu yer»,- deydi 44 yoşli Morris Neru yaqinda özining uç nafar David, Mukurino va Skraç laqabli eşaklarini qonga böyalgan holda topgan yerini körsatib.

U bozorda işlaydi va tirikçiligi eşaklari bilan boğliq bölgan. Morris eşaklari yordamida şahardan bozorga yuklarini olib keladi. Uning aytişiça, eşaklarisiz kunlik daromadi 30 dollardan 5 dollargaça kamaygan. Bundan taşqari, bolalari ham maktabga borib-kelişga qiynalişmoqda. Butun dunyodagi millionlab insonlar eşaklardan transport sifatida foydalanişadi, bu uy jonivorlari ularning hayotida muhim hisoblanadi, lekin Xitoyda eşaklardan butunlay boşqa maqsadda foydalanişadi, deb yozadi The New York Times.
Xitoyda ançadan buyon eşak terisidan tayyorlanadigan jyelatin tibbiy vosita sifatida işlatiladi. Xitoyliklar bu turdagi jyelatin insonning yoşarişiga yordam beradi deb işonişadi. Bunday mahsulot Xitoy dökonlarida oçiqçasiga sotiladi va «sevib iste'mol qilinadi». Bunday «murabbo»ni xitoyliklar «exiao» deb ataşgan. Bunday «eliksirlar» 2010 yilda ommalaşişni boşladi. Öşa vaqtda uning bir futi uçun 9 dollar tölaşgan. Hozir esa eşak terisidan tayyorlangan 1 fut jyelatin 400 dollar turadi. Naşrning ta'kidlaşiça, öşa yillarda Xitoyda 11 million eşak bölgan va yangi «eliksir» öylab topilgandan keyin ularning soni 3 milliongaça kamayib ketgan. Çunki, eşak bir yilda bir marta tuğadi va ular homiladorlik vaqtida abortga moyil böladi. Ya'ni, köp hollarda xötik tuğilmasdan, ona qornida nobud böladi. Şu sababli, xitoylik eşak qotillari butun dunyodan eşak terilari sotib olişni yölga qöyişgan.















