Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma'lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida avtomobil yo‘llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta'kidlangan edi.
Respublikaning ba'zi viloyatlari o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir qilayotganligi aniq raqamlar bilan ko‘rsatib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasidan ma'lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati o‘rganilib, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi. Shulardan, 21 tasini muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini to‘siq postlari tashkil etgan edi. Qayd etilishicha, qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi tugatilgan to‘siq posti
Oldingi holati
Bugungi holati
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani
Oldingi holati
Bugungi holati
Mavzuga oid
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026