Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagog kadrlar endi 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarori bilan Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart.
Pedagog kadrlarning malakasi “ustoz–shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish; mustaqil o‘qib bilim orttirish; masofaviy ta'lim; stajirovka shaklida tajriba oshirish kabi shakllarda amalga oshiriladi:
Bundan tashqari, Nizomga ko‘ra qayta tayyorlash natijasida berilgan hujjat (diplom) muayyan lavozimda faoliyat yuritish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish huquqini beradi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
10:40 / 18.03.2026