Jahon | 00:05 / 04.01.2018
7687
1 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi shaharda 29 yil ichida ilk bor qor yog‘di

Foto: Twitter/ @invisibleman_17

Florida shtatining shimolida joylashgan Tallaxassi shahrida 29 yil ichida birinchi marta qor yog‘di. Mahalliy WCTV telekompaniyasining ma'lum qilishicha, qor qalinligi 2,5 mm ni tashkil qilgan.

Shahar politsiyasi haydovchilarni yo‘llarda yaxvonlik bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Florida shimolidagi 5 ta maktab okrugi rahbariyati yomon ob-havo sababli 3 yanvarda tugashi kerak bo‘lgan qishki ta'tillarni uzaytirishga qaror qilgan, Orlando shahrida ko‘ngilochar bog‘lar yopib qo‘yilgan.

Floridaga qo‘shni shtatlar Jorjiyada yaqin kunlarda 5-10 sm, Shimoliy Karolinada esa 8-13 sm qor yog‘ishi prognoz qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid