Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gepard rekord darajada bolaladi
AQShda hayvonot olami uchun noyob hodisa ro‘y berdi. Sent-Luis hayvonot bog‘ida Bingva nomini olgan gepard biryo‘la sakkiz dona bolaladi.
Hayvonot bog‘i vakillarining ma'lum qilishlaricha, bu - ozodlikda yashamaydigan gepardlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday sharoitlarda odatda ko‘pi bilan to‘rt gepard dunyoga keladi.
Bingva bolalari 26 noyabrda dunyo yuzini ko‘rgan. Gepardchalar bir necha oy davomida jamoatchilik nigohidan uzoqda va hayvonot bog‘i xodimlarining qat'iy nazorati ostida bo‘ladi.
Bundan avvalgi rekord 2016 yilda Niderlandiyada qayd etilgan edi. O‘shanda gepard biryo‘la olti bolali bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026