Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirsk oblastidagi poyabzal omborida yong‘in, 10 nafar migrant halok bo‘ldi
Rossiyaning Novosibirsk oblastida joylashgan poyabzal omborida ro‘y bergan yong‘in oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mintaqadagi tezkor xizmatlarga tayangan holda xabar qilmoqda.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida – Xitoyning yetti fuqarosi, Qirg‘izistonning ikki fuqarosi va Rossiyaning bir fuqarosi bor", - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi. Shu bilan birga, «Interfaks» agentligi halok bo‘lganlarning barchasi Xitoy fuqarolari ekanini xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in Iskitimsk tumanidagi Chernorechensk posyolkasida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:00larda boshlangan. Yong‘in maydoni ikki ming kvadrat metrni tashkil qilgan, ochiq olov o‘chirilgan. O‘tning qo‘shni binolarga o‘tishi oldi olindi.
Ayni damda vayronalarni tozalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qutqaruv ishlari ob-havo sharoiti tufayli mushkul bo‘lgan: Chernorechenskda havo harorati hozirda 35 daraja sovuqni tashkil etmoqda.
Voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. Yong‘inga elektr simlarning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Mavzuga oid
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026