Jahon | 21:20 / 04.01.2018
33945
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Xmeymimdagi voqeani inkor etdi. Muxbir hujumga uchragan samolyotlar suratlarini e'lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi «Kommersant'» nashrining 31 dekabr kuni Suriyaning Xmeymim shahridagi aviabazada ruslarning 7ta samolyoti yo‘q qilingani haqida tarqatgan xabarini inkor qildi.

Harbiy muxbir Roman Saponkov Xmeymimdagi Su-24M bombardimonchi samolyoti hujum oqibatida jiddiy shikastlangani ko‘rinib turgan suratlarni namoyish etdi.

Foto: «VKontakte»
Foto: «VKontakte»

U suratlarni «VKontakte»dagi sahifasida e'lon qilgan. Bu suratlarga Suriyadagi jangari guruhlar faoliyatini yoritib boruvchi Directorate 4 Telegram-kanali e'tibor qaratgan.

«Texnika shikastlangan. Bitta Su-24, bitta Su-35S, bitta An-72, bitta An-30 razvedchigi, bitta Mi-8», — deyilgan xabarda. Saponkovning aniqlik kiritishicha, ikkita Su-24 va bitta Su-35S samolyotini safga qaytarishgan.

Foto: «VKontakte»

Yolg‘on fosh bo‘ldi: Rossiya Mudofaa vazirligi AQShni ayblashda kompyuter o‘yinidagi skrinshotlardan foydalangan

Mavzuga oid