Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyaning Xmeymim aviabazasida jangarilar hujumi oqibatida rossiyaliklarning 7ta samolyoti yöq qilingani haqidagi xabarni yolğon deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatmoqda.
«Kommersant'» naşrining Xmeymimdagi aviabazada Rossiyaning 7ta harbiy samolyoti «butunlay yöq qilingani» haqidagi xabari — feyk», — deyilgan vazirlikda.
Mudofaa vazirligi Suriyadagi Rossiya aviaguruhi jangovar holatda öz zimmasidagi vazifani bajarişda davom etayotganini qöşimça qilgan.
Şu bilan birgalikda, vazirlik 31 dekabr kuni aviabaza minomyotdan öqqa tutilgani va rossiyalik ikki harbiy halok bölganini tasdiqlagan.
Ayni vaqtda «Suriya xavfsizlik organlari hujum manbasini qidirayotgani va aviabaza hududini qöriqlaş kuçaytirilgani» aytilmoqda.
Bundan oldin «Kommersant'» öz manbasiga asoslanib, jangarilar bazani öqqa tutgani, törtta Su-24 bombardimonçisi, ikkita Su-35C qiruvçisi va An-72 transportçi samolyoti deyarli yöq qilib taşlagani, şuningdek, öq-dorilar ombori ham portlatilgani, hujum oqibatida öndan ortiq harbiy xizmatçilar jabrlangani haqida xabar bergandi.













