Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika Qöşma Ştatlari Suriyaning Al-Bukamol şahridan çekinayotgan IŞID terrorçilariga zarba bermadi, deya xabar qildi. 

Uşbu bayonotning isboti ölaroq taqdim etilgan kosmografik  ​​suratlarda harbiy maşinalarning harakatlanib ketayotgani tasvirlangandi.

"Bundan taşqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuçlari samolyotlariga "xalal bera boşlagan". Ular şahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qöşma Ştatlar çekinayotgan terrorçilarni hukumat qöşinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib çiqilişini ta'minlaşni istagan​", deyilgandi xabarda. 

Ammo bu suratlardan biri kompyuter öyinlaridan biri - AC-130 Gunship Simulator dasturidagi lavhaning skrinşoti ekani ma'lum böldi.

Şuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi 2016 yil Falluja şahri yaqinidagi IŞID jangarilariga havodan zarba berişi aks etgan lavha ham uşbu öyinda "taqdim etilgan".