31 dekabr kuni jangarilar Suriyaning Xmeymim aviabazasiga hujum uyuştirib, rossiyaliklarning samolyotlarini yöq qilgan. Bu haqda «Kommersant'» naşri harbiy-diplomatik manbasiga asoslangan holda xabar tarqatmoqda.

Manbaning sözlariga köra, minomyot zarbalari berilişi oqibatida 4ta Su-24 bombardimonçisi, 2ta köp maqsadli Su-35S qiruvçisi va 1ta An-72 rusumli harbiy-transport samolyoti yöq qilingan. Şuningdek, jangarilar öq-dorilar omborini yöq qilişgan.

Hujum oqibatida 10dan ortiq harbiy xizmatçilar jarohatlangani aytilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi hozirça hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermadi. 

Terrorçilar faoliyatini yoritib boradigan Directorate 4 telegram-kanali esa 31 dekabrdan 3 yanvarga qadar bölgan muddatda heç bir jangarilar guruhi bu hujum uçun mas'uliyatni zimmasiga olmaganini bildirmoqda. Kanal mualliflari Rossiya Mudofaa vazirligi şu vaqtga qadar Xmeymim bazasidagi hodisa haqida lom-mim demaganiga e'tibor qaratmoqda. Şuningdek, dekabr oyi oxirida jangarilar yöllagan raketa töxtatib qolingani eslatib ötilmoqda.

3 yanvar kuni Mudofaa vazirligi 31 dekabr kuni Xmeymim yaqinida Mi-24 harbiy vertolyoti halokatga uçragani va ikki uçuvçi halok bölgani haqida ma'lum qilgandi. Vazirlik bu hodisa texnik nosozlik tufayli röy berganini bildirgandi. Suriyadagi jangarilar esa bu vertolyot urib tuşirilganini aytişgan.

«Hujum haqida sun'iy yöldoşdan olingan tasvirlar orqali aniq tasavvurga ega böliş mumkin böladi», — deyiladi Directorate 4 xabarida.