Rossiya hukumati Davlat dumasiga körib çiqiş uçun yuborgan 2025 yilgi federal budjet loyihasi mamlakat tarixidagi «eng maxfiylaştirilgan» loyihaga aylandi, deb xabar beradi The Bell.
Qayd etilişiça, hukumat rejalaştirilgan budjet xarajatlarining 31,6 foizini (13,1 trillion rubl) yopib qöygan. Xarajatlarning yopiq uluşi — federal budjet moddalari böyiça umumiy xarajatlar va oçiq ma’lumotlar örtasidagi farqdir.
2023 yilda federal budjetning jami xarajatlarini 22,6 foizi (7,33 trillion rubl) yopilgan edi. Joriy yilgi budjet töğrisidagi qonun bilan xarajatlarning 26,8 foizi (9,8 trillion rubl) «maxfiylaştirilgan».
An’anaga köra, 2025 yilgi budjet töğrisidagi qonun loyihasida ham «Milliy mudofaa» moddasi böyiça xarajatlar eng köp yopilgan. Hukumat bu yönalişdagi jami xarajatlarning 84 foizini (11,4 trillion rubl) yopib qöygan.
Rossiyaning 2025 yilga möljallangan budjeti xarajatlari jami 41,5 trillion rublni taşkil etişi rejalaştirilgan. Budjet defitsiti YaIMning 0,5 foizini taşkil etadi, Moliya vazirligi uni içki bozordan qarz oliş hisobiga qoplaydi.
Avvalroq «Rossiya Federatsiyasi prezidenti va uning administratsiyasi faoliyatini ta’minlaş» moddasi böyiça 2025 yilda budjet xarajatlari 30,9 milliard rublni taşkil qilişi töğrisida xabar berilgandi. Kreml xarajatlarining ortişi prezident va xodimlarning maoşi oşişi bilan boğliq. 1,5-2 ming kişi işlaydigan prezident administratsiyasining iş haqi fondi 2025 yilda 21 milliard rublni taşkil etadi.












