AQSh Pokistonga mo‘ljallangan kamida 900 million dollarni muzlatib qo‘ygan
AQSh Pokistonga aksilterrorchilik operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan kamida 900 million dollarni muzlatib qo‘ygan. Pentagonning harbiy hamkorlik boshqarmasi vakili Patrik Evans AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining Pokistonga xavfsizlik sohasida yordam berilishini to‘xtatish qaroriga izoh berish vaqtida jurnalistlarga bu haqda ma'lum qildi.
Evansning aytishicha, bu qaror Pokistonga moliyaviy yordam berishning ikki yo‘nalishini qamrab oladi, ya'ni bu yordam Pentagon liniyasi bo‘yicha turli ekstremistik guruhlarga qarshi kurashuvchi koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda boshqa davlatlarga harbiy yordamni nazorat qiluvchi davlat departamenti orqali amalga oshiriladi.
Evansning ta'kidlashicha, birinchi yo‘nalish bo‘yicha AQSh kongressi 2017 moliyaviy yilda Pokistonga 900 mln dollar ajratishga ruxsat bergandi. Biroq bu summa hali ham Pokistonga o‘tkazib berilmagan.
Bundan tashqari, AQSh Pokistonga xorijiy davlatlarga harbiy yordam doirasida 2016 moliyaviy yilda va'da qilingan 255 mln dollarni ham bermay turishga qaror qilgan. Bu yordam odatda u yoki bu davlat AQSh qurolini sotib olishi uchun ko‘rsatiladi.
4 yanvarda davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Xezer Nauert ma'lum qilgandek, Pokiston hukumati terrorchilik guruhlari, jumladan “Tolibon” va Pokistonning “Haqqoniy tarmog‘i” guruhlariga qarshi qat'iy choralar qabul qilmaguncha, AQSh Islomobodga yordam bermasligini aytgan.
Avvalroq Tramp Pokiston ekstremistlarga qarshi kurashda yordam bermayotganini tanqid qilib, AQSh oxirgi 15 yil ichida Pokistonga moliyaviy yordam ko‘rinishida bekorga 33 mlrd dollar ajratganini aytgan.
Mavzuga oid
10:12
AQShda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni aytildi
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
08:02
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
22:07 / 19.11.2024