Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narxi 100 milliondan oshgan futbolchilar to‘rttaga ko‘paydi
Futbolchilarning transfer narxi bilan shug‘ullanuvchi obro‘li nemis portali Transfermarkt yangi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 2018 yil holatiga, 4 nafar futbolchining narxi 100 million yevrodan oshib ketgan. Avvalroq, bunday ko‘rsatkichga Lionel Messi (180 mln yevro), Neymar (150) va Krishtianu Ronaldu (120) erishgan edi.
Endi esa Kevin De Bryuyne (110 mln yevro), Harri Keyn (120 mln yevro), Antuan Grizmann (100 mln yevro) va Eden Azar (100 mln yevro) ular safiga qo‘shilgan.
Shuningdek, 100 million yevro marraga yana bir qator futbolchilar yaqinlashib olgan - Killian Mbappe, Pol Pogba, Filippe Koutino (barchasi 90 mln yevro), Paulo Dibala, Romelu Lukaku va Luis Suares (85 mln yevro).
Mavzuga oid
12:37 / 18.06.2026
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026