Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudi Aramco aksionerlik jamiyatiga aylantirildi
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. Bu haqida Reuters agentligi qirollikning rasmiy byulleteniga asoslanib xabar berdi.
Neft kompaniyasi yuridik maqomining o‘zigarishi uning aksiyalarni ommaviy joylash (IPO) rejalari bilan bog‘liq.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Saudi Aramco'ning kapitali 16 milliard dollar yoki 200 milliard oddiy aksiyalarga baholanmoqda. Bundan tashqari, boshqaruv tarkibiga 11 kishi kirishi taxmin qilinmoqda.
2016 yilning yanvarida Saudi Aramco fond bozoriga chiqish rejalari haqida ma'lum qilgandi. Reuters kompaniya o‘z tanlovini Nyu-York fond birjasi (NYSE)da to‘xtatganini qayd etgandi, biroq kompaniyada bu ma'lumotlar tasdiqlanmadi. Oktyabrda tashkilotchilar ko‘plab moliyaviy, huquqiy va normativ xarakterdagi muammolarga duch kelishayotgani aytilgan edi. Bloomberg'ga ko‘ra, Saudi Aramco'ning IPO'ga chiqishi 2019 yilga qoldirilgan.
Mavzuga oid
18:07
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026