Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda noqonuniy forma kiyib yurish uchun jarima qo‘llanadi
Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-456-son Qonun bilan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida ma'lumot berilgan.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 209-1 moddasi bilan to‘ldirilgan. Modda vazirlik, idora va tashkilotlar formasini noqonuniy kiyib yurishga qarshi choralarni belgilaydi.
Endilikda, tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026