Jahon | 18:30 / 05.01.2018
3689
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va KXDR Olimpiada bo‘yicha muzokarani qachon o‘tkazishiga aniqlik kiritildi

Foto: Reuters

KXDR hukumati Janubiy Koreya bilan Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni 9 yanvar kuni o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg Janubiy Koreyaning Birlashuv vazirligi xodimi Xen Te Baykka tayangan holda xabar qilmoqda.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda KXDRning qishki Olimpiadadagi ishtirokini, shuningdek yarim oroldagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, bu uchrashuv 2015 yildan beri yuqori darajada o‘tkazilgan birinchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR ballistik raketasi shaharga qulagani aniqlangani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid