Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishi chaqirtirilishini AQShning “xatosi” deb atadi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif BMT Xavfsizlik kengashining Erondagi namoyishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishini AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati tashqi siyosatining “navbatdagi xatosi” deb atadi.
“Xavfsizlik kengashi AQShga navbatdagi marta o‘z vakolatlarini suiste'mol qilishga ijozat bermadi. Yig‘ilishning ko‘pchilik ishtirokchilari Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasini qo‘llab-quvvatlashlarini va boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdilar. Bu Tramp ma'muriyati tashqi siyosatining navbatdagi xatosi”, deb yozdi Zarif tvitterda.
5 yanvarda AQSh so‘rovi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Eronning BMTdagi doimiy vakili G‘ulomali Hoshru davlatlarning ichki ishlariga aralashuv Xavfsizlik kengashi vakolati doirasidan tashqari ekanligini, AQSh esa kengashning doimiy a'zosi sifatida o‘z huquqlarini suiste'mol qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Hoshru yig‘ilishdagi nutqida “Afsuski, kengashning ba'zi a'zolari qarshiligiga qaramasdan, Xavfsizlik kengashi AQShga bu maydondan o‘z maqsadlarida foydalanishga va kengash vakolatlariga kirmaydigan bu yig‘ilishni o‘tkazishga ijozat berdi. Bu esa Xavfsizlik kengashi o‘zining asl vazifalarini bajarmasligiga misoldir”, deb aytgan.
Diplomatning aytishicha, Eron hukumati fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda hal qilayotgan uning ichki muammolari xalqaro xavfsizlikning eng muhim idorasida muhokama qilinmasligi kerak.
Uning ta'kidlashicha, Eronda namoyishlarga chaqiriqlar jumladan xorijdan bildirilgan. Hoshru AQShning namoyishlarni keskin bostirishdagi ayblovlarini ikkiyuzlamachilik deb atadi va 2011 yilda AQShda Occupy Wall Street harakati namoyishchilariga nisbatan politsiyachilar zo‘ravonlik qo‘llashganini bunga misol qilib keltirdi.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026