Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yuqori malakali mutaxassislarga uzoq muddatli vizalar bera boshladi
Xitoy hukumati 2018 yilning 1 yanvaridan yuqori malakali xorijliklar - ishbilarmonlar, olimlar, yangi texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni jalb qilish uchun uzoq muddatli vizalarni bera boshladi. BBC shu haqida xabar berdi.
Agentlikning ma'lum qilishicha, bunday vizalar mamlakatga cheklanmagan marotaba 180 kunga kirish huquqini beradi. Ular 5 yildan 10 yilgacha muddatga beriladi. Vizani qo‘lga kiritgan chet ellik fuqarolar o‘zlari bilan birga oila a'zolari - turmush o‘rtoqlari va farzandlarini ham olib kelishlari mumkin.
Manbada keltirilishicha, "yuqori malakali xorijiy iste'dodlar" toifasiga shuningdek Nobel mukofoti sovrindorlari, muvaffaqiyatli olimpiyachilar, "jahonga mashhur musiqiy va san'at universitetlari", shuningdek yirik moliyaviy tashkilotlarning rahbarlari ham kiradi. Xitoy hukumati umumiy hisobda 50 mingga yaqin mutaxassisni jalb qilishni mo‘ljallamoqda.
Yangi vizaga buyurtmani internet orqali bepul yo‘llash mumkin. Tashqi ishlar vazirligi arizalarni qisqa muddatlarda qayta ishlashga va'da bermoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026