Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat ishi bo‘yicha jarima undirish uchun hujjatlar uch kun muddatda yuboriladi
3.01.2018 yildagi “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hukmning jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni o‘tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi.
Mazkur norma aniqlashtirildi.
Birinchidan, belgilanishicha, ijro varaqasiga (uning dublikatiga) sud qarorining nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ikkinchidan, hujjatlarni yuborish muddati belgilandi - sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e'tiboran 3 kundan kechiktirmay.
Uchinchidan, ko‘rsatilishicha, hujjatlar birinchi instansiya sudi tomonidan yuboriladi.
Qonun “Xalq so‘zi” gazetasida e'lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026