Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtobusning daraga tushib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Foto: anna-news
Hindistonning shimolida avtobusning daraga tushib ketishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi og‘ir jarohatlar oldi. Bu haqda Jammu va Kashmir shtati politsiyasida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi Ramnagar shahridan 3 km uzoqlikda, tog‘dan o‘tuvchi yo‘lning murakkab qismida yuz bergan. Avtobus shahardagi ibodatxonalardan biriga ziyoratchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Tergovning aniqlashicha, haydovchi uxlab qolgan va avtobus boshqaruvini qo‘ldan chiqargan. Shundan keyin avtobus 120 metr balandlikdan ag‘anab ketgan. 4 nafar yo‘lovchi voqea joyida, 2 nafari shifoxonaga yo‘lda va yana bir nafari shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
10:10
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026