Sport | 09:40 / 07.01.2018
27064
2 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning Moskvadagi muz haykali internetda hazil-mutoyibalarga sabab bo‘ldi

“Muz Moskva. Oila davrasida” festivali doirasida Moskvadagi Poklonnaya gorada futbolchi Krishtianu Ronalduga o‘rnatilgan muz haykal xorijiy OAV va internet foydalanuvchilari e'tiborini jalb qildi. 

Misol uchun, Britaniyaning The Sun nashri Moskvadagi haykal futbolchining Madeyra aeroportida o‘rnatilgan byustiga “dahshatli o‘xshashligini” qayd qilgan. Futbolchining Madeyradagi byusti beo‘xshovligi sababli internetda ko‘plab hazillar va memlarga sabab bo‘lgandi.

Foto: Twitter.com
Foto:Twitter.com

Tvitterning bir qator foydalanuvchilari muz haykal futbolchiga umuman o‘xshamasligini qayd qilishgan.

“Qizig‘i, bu barcha ijod mahsullari bir odamga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, ulardan birortasi unga o‘xshamaydi”, deb yozgan The Itch.

“Bu Madeyradagi haykaldan tuzukroq. Biroz”, deb mutoyiba qilgan Deniyel Jyenks.

“Nima uchun ular uning yuzi bilan buni qilishni davom ettirmoqdalar?”, deb savol bilan yuzlangan Balerion's Flame.

Unga javoban yana bir foydalanuvchi “Mukammallikni aslidagidek yaratib bo‘lmaydi” deb javob qilgan. 

Festival 8 yanvargacha davom etadi. Unda 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etuvchi 32 ta terma jamoaga bag‘ishlangan muz haykallar ekspozitsiyasi joylashtirilgan. Bu haykallarni yaratish uchun 2 ming tonna muz keltirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid