Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor
Foto: AFP / Saul Loeb
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini, biroq bunday muloqot ma'lum sharoitdagina o‘tishi mumkinligini aytdi.
“Men doim muzokaralarga ishonaman. Biroq siz bizning pozitsiyamizni bilasiz, u juda qat'iy. Ammo men muzokaralar o‘tkazgan bo‘lardim. Menda bu bilan hech qanday muammo yo‘q”, deb aytgan Tramp jurnalistlarning savoliga javoban.
Tramp “Bu dastlabki shartlarsiz muzokaralar o‘tkazishingizni anglatadimi?” degan savolga “Yo‘q, bunday emas” deb javob qildi.
“U (Kim Chen In) hazillashmayotganimni biladi. Hech qancha, bir foizgina ham. U buni biladi. Shu bilan birga bu muzokaralar tinch va yaxshi qarorga olib kelsa, bu butun insoniyat, butun dunyo uchun ajoyib natija bo‘lardi”, deb aytgan Tramp.
Tramp, shuningdek, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tdi va AQSh joiz bo‘lgan vaqtda bu jarayonga qo‘shilishi mumkinligini istisno qilmadi. Avvalroq Oq uyda Pxenyan yadro va raketa sinovlarini o‘tkazishni bas qilsa, u bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanliklari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026