Jahon | 00:34 / 08.01.2018
16261
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi Vashington tog‘ida harorat 38 daraja sovuqqacha tushib ketdi 

Foto: Guardian

AQShning Nyu-Hempshir shtatida joylashgan Vashington tog‘ida shamol harorati 73 daraja sovuqni tashkil qildi. Bu yer sayyoramizdagi eng sovuq joylardan biriga aylandi. 

Bu haqda AQSh meteorologik xizmati ma'lum qildi

Shamol harorati 73 daraja sovuq bo‘lgan bir paytda, havo harorati 38 daraja sovuqni tashkil qilgan. Bunday past harorat AQShning sharqiy sohillariga yopirilgan arktik sovuq havo oqimi natijasida yuzaga kelgan.

Ba'zi hududlarda aholi tananing ochiq joylari sanoqli daqiqalarda sovuq urishi mumkinligidan ogohlantirilgan. Ba'zi sharqiy shtatlarda harorat 18 daraja sovuqqacha, eng sovuq joylarda esa 39 daraja sovuqqacha tushib ketgani ma'lum qilingan.   

Shuningdek, prognozlarga ko‘ra, hafta oxiriga kelib AQShning shimoli-sharqida havo harorati Marsnikidan ham sovuqroq bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan.   

Eslatib o‘tamiz, Marsda o‘rtacha harorat 40 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid