Jahon | 20:45 / 08.01.2018
4368
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada 2017 yilda boshpana olish uchun rekord darajada ariza berildi

Foto: ekathimerini.com

Fransiya hukumati 2017 yilda tarixda birinchi marta qochqin maqomi so‘ralgan 100 mingdan ko‘proq ariza oldi. Bu haqda Fransiyaning qochqinlar va apatridlarni himoya qilish boshqarmasida (OFPRA) ma'lum qilindi. 

“2017 yilda boshqarmaga boshpana berilishi so‘ralgan 100412 ta ariza kelib tushgan, bu esa 2016 yildagiga nisbatan 17 foiz ko‘proqdir”, deyilgan boshqarmada. Arizalar ko‘rib chiqilgandan keyin deyarli 43 ming kishi qochqin maqomi sifatida boshqarma himoyasiga olingan.

Boshpana so‘raganlardan eng ko‘pi Albaniya (7630 ariza), Afg‘oniston (5987), Haiti (4943), Sudan (4486), Gvineya (3780) va Suriyadan (3249) kelganlar bo‘lgan. 

Boshqarma rahbari Paskal Bris bunday rekord darajada so‘rov olinganiga izoh berar ekan, Fransiyaga qochqinlar ommaviy ravishda kelayotgani haqida aytishga hali erta ekanligini aytgan. “Gap qochqinlar sonining o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshgani haqida bormoqda va Germaniya bizdan ko‘ra ikki marta ko‘proq boshpana so‘rovchilarni qayd qilayotganini unutmaslik lozim”, deb aytgan Bris.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid