Inson hayotida toza içimlik suvining örni beqiyos. Butunjahon Soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra, mavjud içimlik suviga ham qayta işlov beriladi, aholini sifatli va töyintirilgan suv bilan ta'minlaş ustuvor vazifa hisoblanadi.
Singapur suvni qayta işlaş borasida eng katta muvaffaqiyatga erişgan. Masalan, Singapur – Malakka yarim orolining janubida joylaşgan kiçik mamlakat. 2003-yilda mamlakatda suvni qayta işlaş böyiça birinçi taşkilot – NEWater iş boşlagan. Unda tozalaş uskunalari va suvni tayyorlaş stansiyalari mavjud: bu yerda aholi va korxonalardan oqova suvlar keladi va tozalanadi. Rezervuarga kelib tuşişdan avval, oqova suv tozalaşning mikrofiltratsiya, ultrabinafşa bilan zararsizlantiriş kabi bir neça qöşimça darajalaridan ötadi.
Namibiya – suvni qayta işlaşning yana bir muvaffaqiyatli misoli. Afrikaning eng qurğoqçilik kuzatiladigan mamlakatida suv muammosi deyarli yarim asr avval hal etilgan. 1969 yilda respublikadagi eng yirik şahar – Vindxukda şunday zavod qurilgan. Zavod fuqarolarning içimlik suviga bölgan 35 % talabini qondiradi va suv iste'moli tufayli kasalliklar yuzaga kelişi qayd etilmagan.
Özbekistonda yuz berayotgan hodisa esa mitti Singapur yoki Namibiyadagi vaziyatdan tubdan farq qilmoqda. Negaki, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga taşrif buyurgan ijodiy jamoa bamisoli XX asr yoki undan ham avvalgi davrga tuşib qolganini his etib, «Toşkent» MFY Yoşlik köçasiga kirib borişi bilan loyga botgan yölda suv taşib ketayotgan ayolga közi tuşdi.

Tahririyatimizga murojaat yöllagan şaxs ham Mirzaobodda içimlik suvi muammosiga mutasaddilar panja orasidan qarab kelişini bayon etgandi. Uning sözlarida jon borga öxşaydi, negaki, Yoşlik köçasida istiqomat qiluvçi 70ta xonadon vakillari 4 yildan buyon tabiiy suv ta'minotisiz yaşaşga majburligini ta'kidlab ötdi.

«Qariyb 1 km masofadagi köça boşida gidrantdan suv oqadi. Har kuni oiladan bir kişi şu iş bilan maşğul, kir yuviş, ovqat tayyorlaş, şaxsiy ehtiyojlar qöyinki, hammasi uçun suv keltirişi kerak. Buning ustiga MFY vakili har oyda «gidrantdan oqib turgan suvdan foydalanganimiz uçun» kişi boşiga 1500 sömdan tölovni undirib ketadi», deb sözlab berdi mahalla faoli.
Ma'lum qilinişiça, Yoşlik köçasida yaşovçi aholi yoz kunlari yöl yoqasidan oqib ötgan ariqdagi suvdan ham foydalanadi. Ammo, kunlar sovişi bilan ariqdagi suvning bosimi ham pasayadi, qolaversa, sifati ança buzilgan.



















