Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yana bir davlatdagi saylovlarga aralashishda gumonlandi
Foto: AP
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmasterning ma'lum qilishicha, Meksikada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuviga doir belgilar bor. Bu haqda The Hill xabar qilmoqda.
Makmasterning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya qo‘poruvchilik faoliyati, yolg‘on ma'lumot berish va tashviqot qilish bo‘yicha chigal kampaniyalarni qo‘llamoqda, buning uchun kiberolam usullaridan foydalanayotganidan tashvishda.
Shuningdek, maslahatchining ta'kidlashicha, Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendumda ham Rossiya aralashuvi kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning o‘ziga ishonchi kuchayib borayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:07
Ukrainada Rossiya Starlink’dan uzishni qanday chetlab o‘tayotgani aytildi
13:09
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
12:36
Rossiya kechasi Ukrainaga 100 tadan ortiq dron bilan hujum qildi
11:55