O‘zbekiston | 20:45 / 09.01.2018
119555
2 daqiqa o‘qiladi

AYoQShda Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali benzin turlari va narxi paydo bo‘ldi 

Jizzakh Petroleum​ qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yoqilg‘ilarni sotuvchi AYoQSh tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Yangi tarmoqda Yevropa sifati va talablariga mos, erkin tijoriy narxlarda Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 hamda dizel yoqilg‘isini sotiladi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatidan tashqari qo‘shma korxona yoqilg‘ilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalari yoki birja savdolari orqali erkin tijoriy narxlarda sotishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil 10 yanvardan boshlab, Ai-95 (1 litri uchun 8500 so‘m narx bilan) va Ai-98 markazli benzin (1 litri uchun 9000 so‘m narx bilan) savdoga chiqarilishi kutilmoqda. «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ilk AYoQSh punktlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumani joylashgan Qushbegi dahasi, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, Ahmad Donish ko‘chasi, Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida ish boshlashi rejalashtirilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi matbuot xizmati Jizzakh Petroleum​ QK ishga tushishi haqida ma'lum qilgandi. 2017 yil aprel oyida esa Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd AQSh dollariga teng neftni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan. Jizzax neftni qayta ishlash zavodini 2017 yil iyunda «O‘zbekneftgaz» (QKdagi ulushi 60 foiz) va Gas Project Development Central Asia​ (Gazprom International ​sho‘ba tuzilmasining ulushi 40%) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum​ QK boshqaradi.

Mavzuga oid