Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinning saylov jamg‘armasiga kim pul o‘tkazganini aytishdan bosh tortdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putinning saylov kampaniyasiga aloqasi yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Putinning saylov jamg‘armasiga ham umuman aloqador emas.
«Hamda qonun bilan bu savollarga javob berishga haqim yo‘q. Putinning shtabi qachon to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishni boshlasa, o‘shanda unga murojaat qilishni so‘rayman», - deya aytib o‘tdi Peskov Putinning saylov jamg‘armasiga qaysi jismoniy shaxs mablag‘ o‘tkazgani haqidagi savolga javob qaytarib.
Rossiya MSK 13 nomzodning saylov jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va u yerdan amalga oshirilgan xarajatlar haqidagi ma'lumotni e'lon qildi. MSKga ko‘ra, Putinning saylov jamg‘armasiga hozircha 400 mln 30 ming 934 rubl kelib tushgan bo‘lsa, 5 yanvar holatida xarajatlar miqdori 13 mln 409 ming 230 rublni tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:50
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026