Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro jahondagi yetakchi OAVni aybladi
Jahon axborot agentliklari Venesuela va mamlakat rahbariyatiga qarshi kampaniya olib borishmoqda. Bu haqda davlat rahbari Nikolas Maduro ma'lum qildi.
«Venesuelaga OAV orqali jahon hujumi boshlandi, har kuni salbiy xabarlar tarqatilmoqda. O‘tgan yili esa 3,8 ming salbiy yangiliklar ma'lum qilingan», - deya Maduroning so‘zlarini keltiradi El Nacional.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelaga qarshi global kampaniyaga Reuters, Associated Press, AFP va EFE agentligi boshchilik qilmoqda.
«Ular bizning tabiiy boyliklarimizni xohlashmoqda, Bolivar inqilobi yakunlanishini istashmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan Venesuela yetakchisi.
Uning qayd etishicha, mamlakat Muxolif assambleya ma'lum qilayotgan «gumanitar inqiroz holati»da emas.
Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 100 mln El Petro milliy kriptovalyutasi chiqarilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026