Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada davlat avtoinspeksiyasi xodimlari soni 10 mingga qisqartirildi
Rossiyada Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari tarkibi 10 ming kishiga qisqartirildi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
“Prezidentning 2017 yil 31 dekabrdagi farmoni bilan Rossiya ichki ishlar vazirligi xodimlar tarkibi 2018 yil 1 yanvardan 10 ming kishiga qisqartirildi”, deb ma'lum qilgan manba.
Uning aytishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi va yo‘l-patrul xizmatida ishlovchilar qisqartirilmoqda. Faqatgina ro‘yxatga olishni amalga oshirish, imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomalarini berish bilan bog‘liq lavozimlar saqlab qolinadi.
Qisqartirilgan xodimlar o‘z xohishlariga ko‘ra ichki ishlar vazirligining boshqa bo‘linmalaridagi bo‘sh joylarga o‘tkazilishlari mumkin.
Mavzuga oid
18:43
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026