Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Saratov viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 7 yanvar kuni taxminan soat 20.00da federal avtomobil yo‘lining 560-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Saratov viloyati tomon harakatlanayotgan BMW rusumli avtomobil haydovchisi qiyalikda boshqaruvni yo‘qotib Reno rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashgan. YTH natijasida 5 kishi jabrlangan. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar, shu jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi va BMW haydovchisi Petrov tumani kasalxonasiga olib kelingan.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Choriyeva Sayohat Tashpulatovna (1982 yil 30 avgustda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Saratov viloyati Petrov tumanidagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Uning holati barqaror, jabrlanganning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan Reno mikroavtobusining boshqa yo‘lovchilari yengil tan jarohati olishgan va kasalxonaga yotishni rad etishgan:
1. Fayoza Rustam qizi Eshpulatova, 1995 yilda tug‘ilgan;
2. Muxtorxon Pulatovich Giyosov, 1972 yil 6 yanvarda tug‘ilgan;
3. Nuriddin Ilxamovich Xaydarov, 1986 yil 14 fevralda tug‘ilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda elchixonaning konsullik bo‘limi jabrlangan ayolga yordam berish masalasini hal etmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026