Jahon | 09:26 / 09.01.2018
4437
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp tibbiy ko‘rik davomida ruhshunos bilan ham uchrashadimi?

Foto: Jonathan Ernst/Reuters

Oq uy vakili Hogan Gidlining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp har yillik tibbiy ko‘rik davomida ruhshunos bilan uchrashmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yo‘q», - degan Gidli bu borada berilgan tegishli savolga javob qaytarib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson CNN muxbirining prezident Donald Tramp ruhiy holati haqidagi savoliga javob qaytargandi. «Men uning ruhiy holati va prezidentlik lavozimga mosligi bo‘yicha savol ustida hech qachon bosh qotirmaganman. Menda uning ruhiy holati tufayli tashvishga tushish uchun hech qanday sabab yo‘q», - deya aytib o‘tgan Tillerson.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid