Jamiyat | 18:30 / 09.01.2018
9444
3 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada yuz bergan yong‘in oqibatida bir inson halok bo‘ldi

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2018 yilning 1 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi N.F.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 225 kv.m. maydonda tomi va shift qismi hamda yong‘in qo‘shni xonadonning  darvozaxonasiga o‘tishidan 20 kv.m. maydonda shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
 
2018 yilning 1 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi A.B.ning uyida ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 25 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida ushbu uy egasi nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan. 
 
2018 yilning 3 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi E.X.ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 
 
2018 yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan «Sof Gigiyenik» MChJga qarashli bolalar tagliklarini ishlab chiqarish sexining omborxonasida elektr simlarining qisqa tutatishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 507 kv. metr maydonda hamda yong‘in «Fresh DeY» MChJga qarashli sexga o‘tishidan 400 kv. metr maydonda tom qismlari, jihozlari va omborxonalari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘in natijasida «Sof Gigiyenik» MChJ ishchisi B.Ch tutundan zaharlanishi oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan.
 
2018 yilning 5 yanvar kuni Nukus shahrida yashovchi Ye.M uyining hovlisida turgan «Neksiya» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada hovlida turgan «Neksiya» va «Damas» rusumli avtomobillar hamda uyning 76 kv.m. maydonda tomi, shift qismi, uy jihozlari, shuningdek yong‘in qo‘shni uyiga o‘tishidan 34 kv.m. maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid